Rekord! AQSH davlat qarzi 30 trillion dollardan oshdi
Olam
−
02 fevral 2022 9465 1 daqiqa
AQSH davlat qarzi rekord darajaga yetdi va birinchi marta 30 trillion dollardan oshdi. Bu haqda kecha, 1 fevral kuni e’lon qilingan AQSH G‘aznachiligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Amerika nashrlari bilan suhbatlashgan moliyaviy ekspertlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkichga Vashingtonda kutilganidan bir necha yil oldin erishilgan.
“Bu federal hukumat tomonidan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun trillion dollarlik sarmoya, jumladan, 5 trillion dollar kengaytirilgan ishsizlik nafaqalari, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari va rag‘batlantiruvchi to‘lovlar natijasi bo‘ldi”, deya yozgan “The New York Times” gazetasi.
So‘rovda qatnashgan iqtisodchilarning aksariyati AQSHning rekord darajadagi milliy qarzi, pandemiyaga qaramay, mamlakat iqtisodiyoti o‘sib borayotgani va foiz stavkasi pastligicha qolayotgani uchun falokatdan darak bermasligini aytmoqda.
Dekabr oyi o‘rtalarida AQSH Prezidenti Jo Bayden davlat qarzi chegarasini 2,5 trillion dollarga oshirib, 31,4 trillion dollarga yetkazish haqidagi qonunni imzoladi. Oq uy matbuot kotibi Jen Psakining ta’kidlashicha, bunday qaror odatdagidan tashqarida emas. Psakining so‘zlariga ko‘ra, AQSH tarixida bu 80 martadan ko‘proq amalga oshirilgan.
Live
Barchasi