“Real”ning muhim himoyachisi “Siti” bilan o‘yin oldidan safga qaytdi

Sport

image

“Real Madrid”ning asosiy markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger jarohatidan so‘ng asosiy guruh bilan mashg‘ulotlarga qaytdi va murabbiylar shtabi tez orada uni maydonga tushirishi mumkin. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ryudiger katta ehtimol bilan “Manchester Siti”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar ligasi o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushadi. Klub tibbiy shtabi hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q, ammo nemis futbolchisining tiklanishining ijobiy dinamikasi uning to‘liq tayyor bo‘lishidan dalolat bermoqda.

Bugun,18 fevral kuni “Real Madrid” “Siti”ga qarshi o‘yin oldidan so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazadi va shundan keyin shifokorlar yakuniy qarorni qabul qiladi.

“Etihad”da bo‘lib o‘tgan “Real” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi birinchi uchrashuv Karlo Anchelotti shogirdlarining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” va “Siti” o‘yiniga kim hakamlik qilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Antonio Ryudiger

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing