“Real” Kroos bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Sport
−
19 may 2022 2548 1 daqiqa
“Real Madrid” 32 yoshli yarim himoyachi Toni Kroosning shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, joriy mavsum davomida “qaymoqranglilar” rahbariyati yarim himoyachiga shartnomani 2024 yilgacha uzaytirishni taklif qilgan, biroq nemis futbolchisi o‘ylab ko‘rish uchun vaqt so‘ragan. Toni kelasi mavsumda qanday holatda bo‘lishini ko‘rmoqchi. Shundan so‘ng, Kroos Madrid klubidagi kelajagi haqida qaror qabul qiladi. Agar, Kroos yaxshi formada bo‘lmasa, “Real”ga ortiqcha yuk bo‘lishni istamaydi.
Qayd etish joizki, germaniyalik futbolchiga Madriddagi hayot yoqadi. “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti esa yarim himoyachini jamoaning ajralmas bo‘lagi, deb biladi.
Ma’lumot o‘rnida, Kroos 2014 yilning iyulidan beri “Real Madrid”da o‘ynamoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi