“Real” klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashmoqchi emas

Sport

image

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya klubi 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortishini aytdi. Turnirda 7 ta klub o‘rniga 32 ta jamoa ishtirok etadi.

“FIFA klublar va futbolchilar ushbu turnirda qatnashmasligini unutmoqda. “Real Madrid”ning bitta o‘yini 20 million yevro turadi va ular bu pulni bizga butun turnir uchun bermoqchi. “Real Madrid” ham boshqa klublar kabi taklifni rad etadi”, deydi Anchelotti.

Ma’lumot uchun, 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi stadionlarda bo‘lib o‘tadi. Turnir 15 iyunda boshlanadi va deyarli bir oy – 2025 yilning 13 iyuligacha davom etadi. 2023 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi finalda Braziliyaning “Fluminense” klubini 4:0 hisobida mag‘lub etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Karlo Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made