“Real” Devis transferi bo‘yicha harakatini boshladi
Sport
−
09 yanvar 2024 3346 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi “Bavariya” himoyachisi Alfonso Devisdan Myunxen klubi bilan shartnomasini uzaytirmaslikni so‘radi. Bu haqda “Sky Sport German” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispan klubi vakili himoyachi bilan bog‘lanib, yozda madridliklar uni sotib olish borasida “Bavariya” bilan muzokara olib borishini aytgan. 23 yoshli futbolchining Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
“Transfermarkt” internet portali Alfonso Devisning taxminiy qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.
Joriy mavsumda kanadalik futbolchi Germaniya chempionatida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bundesliganing 2023/2024 yilgi mavsumining 15-turidan so‘ng, “Bavariya” 38 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr