Rasman! Kukurelya “Real” futbolchisiga aylandi

Sport

image

“Real Madrid” jamoasi “Chelsi” himoyachisi Mark Kukurelyani o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Klub xabariga ko‘ra, tomonlar 2032 yilgacha mo‘ljallangan olti yillik shartnoma imzolagan.

Avvalroq, Romano “Real Madrid” Kukurelya uchun 55 million yevro to‘lashi haqida xabar bergan edi. Shuningdek, “Chelsi” futbolchining “Real Madrid”dagi muvaffaqiyatlari uchun yana 5 million yevro bonus olishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Kukurelya barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar davom etadi. “Transfermarkt” ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Kukurelya “Real Madrid”ning azaliy raqobatchisi “Barselona” akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida “Barselona”, “Espanol”, “Eybar”, “Xetafe”, “Brayton” va “Chelsi” jamoalari sharafini himoya qilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing