Putin migrantlar yetishmovchiligi masalasi bilan shug‘ullanishga va’da berdi

Olam

image
Migrantlarning Rossiyaga kirishida yengillik berish taklif qilindi north_east

Migrantlarning Rossiyaga kirishida yengillik berish taklif qilindi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda mehnat migrantlari yetishmasligi masalasini xorijiy hamkor davlatlar rahbarlari bilan muhokama qilishga va’da berdi. Bu haqda u bugun, 23 dekabr kuni Davlat kengashi va Strategik rivojlanish hamda milliy loyihalar kengashining qo‘shma yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Buni bizga mehnat muhojirlari keladigan davlatlardagi hamkasblar bilan muhokama qilish kerak va men buni qilaman”, degan Putin.

U migrantlar ishlashi uchun sharoit yaratilishi kerakligini ta’kidlab, xavfsizlik masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.

Qayd etish kerakki, shu yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnullin qurilishlarda ishchi kuchi yetishmayotganini aytib, Putinga murojaat qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiya bilan bog‘liq vaziyat tufayli Rossiyada joriy yilning birinchi yarmida uy-joylarni foydalanishga topshirishda qariyb 10 foizga, ipoteka kreditlarida 17 foizga pasayish kuzatilgan. Joriy yilning 11 oyida uy-joylarni foydalanishga topshirish o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1,4 foizga oshgan va yil oxiriga borib, katta ehtimol bilan 2019 yildagi darajasiga yetadi.

Rossiya IIV ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilda mamlakatning turli mintaqalarida xorijiy ishchi kuchi 20-50 foizga qisqargan. Noyabr oyi boshidagi ma’lumotga ko‘ra, Rossiyada 1,88 mln migrant ishlayapti. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 2,35 mlnga teng bo‘lgan.

Avvalroq, 2020 yilning 11 oyi davomida 467 ming nafardan ortiq o‘zbekistonlik migrant Vatanga qaytgani haqida xabar bergan edik. Ularning 257 ming nafari Rossiyadan kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant Vladimir Putin

Baholaganlar

538

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing