Prezident o‘qituvchi va murabbiylarga tabrik yo‘lladi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Siz, azizlarni, hayotini dunyodagi eng ulug‘ va olijanob ishga – navqiron avlod ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan muhtaram ustoz va murabbiylar, sohaning barcha jonkuyar xodimlarini umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Mana shunday quvonchli kunda siz, mehribon ustozlarga el-yurtimizning yuksak hurmat-ehtiromini yana bir bor izhor etib, barchangizga Yangi O‘zbekiston kelajagini yaratish yo‘lidagi mashaqqatli va sharafli mehnatingiz uchun chin qalbdan tashakkur bildiraman”, deydi davlat rahbari.

Prezidentning ta’kidlashicha, 2026 yildan Qoraqalpog‘iston va barcha viloyatlarda Prezident maktablari kabi “Yangi avlod” bog‘chalari tashkil etilib, ularda tarbiyachilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi.

Yangi o‘quv yilidan 12 yillik maktab ta’limi hamda 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinib, ularning natijalari bo‘yicha bitiruvchilar bevosita texnikum va oliygohlarga kira oladigan tartib yo‘lga qo‘yiladi.

Tabrik matnida keltirilishicha, yangi yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev o'qituvchi murabbiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing