Prezident bugun gaz va “svet” masalasida yig‘ilish o‘tkazadi
Jamiyat
−
16 yanvar 2023 14926 1 daqiqa
Bugun, 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholini gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasida yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish boshlanadi”, deydi Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev bugun davlat tashrifi bilan Singapurga jo‘nab ketadi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel