Premium dizayn va mukammal kamera: HUAWEI Pura 80 seriyasi
Biznes
−
15 Sentabr 8052 5 daqiqa
Texnologiya olamida har bir navbatdagi yangilik innovatsiya va mukammallikka intilish timsolidir. HUAWEI hamisha mobil sanoatda ilg‘or g‘oyalarni hayotga tatbiq qilib, foydalanuvchilarga kutilmagan imkoniyatlarni taqdim etib kelmoqda. Endi esa kompaniya o‘zining navbatdagi ulkan qadami – HUAWEI Pura 80 smartfonlar qatorini – Pura 80 / Pura 80 Pro va HUAWEI Pura 80 Ultra’ni namoyish qilmoqda. Ushbu seriya dizayn, kuchli texnik imkoniyatlar va ilg‘or sun’iy intellekt yechimlarini o‘zida mujassam etib, zamonaviy hayot tarzi uchun ideal hamroh bo‘lishga da’vogarlik qilmoqda.
Nafis dizayn sizni rom etadi
Ushbu smartfon har qanday didli odamni o‘ziga rom qiladi. Uning dizayni nafis bo‘lishi bilan qatorda namlik va changdan mustahkam himoyalangan. HUAWEI Pura 80 korpusi soddaroq, ortiqcha detalsiz ishlangan, orqa qopqog‘i esa qo‘lda ushlashga qulay shishadan tayyorlangan. U oltin rang, qora va oq ranglarda taqdim etiladi.
.jpg)
HUAWEI Pura 80 Pro esa Xitoyning monoxrom sirli sopol idishlaridan ilhomlangan yaltiroq panellarga ega. Telefon qizil, oq va qora ranglarda, ramkasi ipak teksturali uslubda ishlab chiqilgan.
HUAWEI Pura 80 Ultra esa “tilla” estetika bilan ajralib turadi – kameralar atrofiga ishlangan oltin halqalar, XMAGE belgisi va quyosh nurlarini eslatuvchi dekor bilan bezatilgan. “Yaltiroq oltin” va “Qora” ranglari flagmanning obro‘sini yanada yorqinroq namoyish etadi.
Butun liniyadagi smartfonlar IP68/69 standartlari bo‘yicha namlikdan himoyalangan. Bu telefonlar 1,5-2 metr chuqurlikkacha bo‘lgan suvda 30 daqiqagacha ishlashi mumkin degani.
.jpg)
Mukammal displey bilan filmlarni miriqib tomosha qiling
HUAWEI Pura 80 smartfonlari zamonaviy tekis OLED-ekranlarga ega: 2848×1276 pikselli (faqat oddiy versiyada 2760×1256), 120 Gs gacha yangilanish chastotasi, 3000 nit maksimal yorqinlik va 460 ppi piksellar zichligi. Kichikroq model ekranining diagonali 6,6 dyuym, qolganlarida esa 6,8 dyuym. Bu oxirgi yillarning “oltin standarti”ga aylangan o‘lcham. Xullas, hammasi a’lo darajada – ranglar yorqin va tiniq, ko‘rish burchaklari keng va rang yetkazib berish ko‘rsatkichi yuqori. Hammasini boridek ko‘rasiz! Bu esa kino ixlosmandlari uchun ayni muddao. Samolyotda, poyezdda va uyda – istalgan joyda bemalol tomosha qilish mumkin.
.jpg)
Kuchli protsessor va xotira bilan o‘yinlar o‘ynash yanada zavqli bo‘ladi
Barcha smartfonlar bitta protsessorda – Kirin 9020 da ishlaydi. Bu HUAWEI ning 7 nanometr arxitekturasiga asoslangan flagman chipsetidir.
Farq faqat xotira hajmida:
- HUAWEI Pura 80: 12 GB tezkor xotira, 256/512/1024 GB ichki xotira;
- HUAWEI Pura 80 Pro: 12 GB tezkor xotira, 256/512/1024 GB ichki xotira;
- HUAWEI Pura 80 Ultra: 16 GB tezkor xotira, 512/1024 GB ichki xotira.
HUAWEI an’anaviy ravishda EMUI dasturiy qobig‘iga katta e’tibor qaratgan. Unda yangi qiziqarli funksiyalar qo‘shilgan:
- Blokirovka ekranida 3D-emojilar bilan o‘ynash mumkin (ularni silkitganda yuz ifodasi o‘zgaradi, teginishga javob beradi) yoki havoda qo‘l harakatlari orqali basketbol to‘pini savatchaga tashlash mumkin.
- Fon rasmlarini personallashtirish imkoniyati bor: uchburchak elementlar va stikerlar foydalanuvchi qarashini kuzatib harakatlanadi. Ularni tennis o‘yinchilariga aylantirib, ko‘z harakati orqali zarbalarni boshqarish mumkin.
- HUAWEI Pura 80 ning aqlli tugmali kamerasi, yoritgich yoki boshqa ilovaga bir zumda kirish imkonini beradi (shu bilan birga barmoq izini ham skanerlaydi).
- Maxfiylikni sun’iy intellekt himoya qiladi – HUAWEI Pura 80 Pro va HUAWEI Ultra’da bildirishnomalarning matni faqat egasiga ko‘rinadi, begonalarga esa faqat sarlavha ko‘rinadi. Shuningdek, sun’iy intellekt qo‘ng‘iroq ovozini tozalaydi: shovqinlarni va atrofdagi ovozlarni yo‘qotib, suhbatni yanada tiniq qiladi.

HUAWEI Pura 80 Ultra kameralari bilan mobil sanoatda inqilob qildi
HUAWEI Pura 80 Ultra mobil fotografiyani yangi bosqichga olib chiqmoqda. Sanoatda ilk bor – 3,7x va 9,4x optik kattalashtirishga ega ikki karra zum taqdim etildi. HUAWEI asosiy urg‘uni flagman kameralar va yuqori sifatli suratga olishga qaratgan. Har bir model xususiyatlarini alohida ko‘rib chiqamiz.
HUAWEI Pura 80 va 80 Pro – tungi suratga olish mahorati: 1 dyuymli RYYB sensor o‘zgaruvchan diafragma (f/1.6–f/4.0) bilan segmentida rekord darajada yorug‘likni qabul qiladi. Kam yorug‘lik sharoitida (tungi ko‘chalar, quyosh botishi) kamera ob’ektlarni xiralashuvsiz, ravshan ko‘rsatdi, rang yetkazib berish aniq va portretlarda rasm tabiiy aks etdi.
.jpg)
Diafragma avtomatik almashtiriladi: yakkalik kadrlar uchun f/1.6, guruhli fotosuratlari uchun f/4.0. Shuningdek, telemakroob’ektiv (48 MP) mavjud bo‘lib, 5 sm masofadan fokuslay oladi. Suratlarda teksturalar juda yaxshi ishlangan.
HUAWEI Pura 80 Ultra’da asosiy urg‘u kamera tizimiga qaratilgan. Uning o‘ziga xosligi – bitta modulda ikki teleob’ektivning mavjudligi. U 3,7x va 9,4x optik zumni ta’minlaydi. Bu murakkab optik tuzilma, prizma va mikrodvigatellardan foydalangan holda amalga oshirilgan. Har ikkala teleob’ektiv kattaroq sensorlardan (1/1.28 dyuym) foydalanadi, bu esa yorug‘lik sezgirligini oddiy periskopik yechimlarga qaraganda yaxshilaydi.
Suratga olish jarayonida kameralar tizimi o‘ziga xos ishlashini ko‘rsatadi.
- 3,7x zumli portret. Kamera ob’ektni ajratib, fonni xiralashtiradi. Rang yetkazib berish tabiiy yoritishda boy ko‘rinadi. Fon, hatto murakkab naqshli bo‘lsa ham (masalan, barglar), silliq ishlanadi.
- 10x zumli manzara (optika va dasturiy kattalashtirishni birlashtirgan gibrid). Uzoqdagi me’moriy detallar aniq tasvirlanadi. Quyosh botishi paytidagi binolar tasvirida tizim soyadagi detallarni saqlab qoladi va osmonning yorqin qismlarini haddan ortiq yoritib yubormaydi. Dinamik diapazon muvozanatli ko‘rinadi.
- Uzoq masofali surat (10-20x). Murakkab yoritishda uzoq masofadan olingan kadrlar tizimning harakatlanuvchi ob’ektga fokusni saqlash qobiliyatini va asosiy ranglarni yetkazib berishini ko‘rsatdi. Bunday masofada ham detallarning aniqligi mobil suratga olish uchun juda yuqori imkoniyatni taqdim etadi.
.jpg)
Quvvat tugab qolishi haqida qayg‘urmang
Kichikroq versiya – HUAWEI Pura 80 5170 mA·soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, 66 Vt tezkor va 50 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Qolgan versiyalar – HUAWEI Pura 80 va HUAWEI Pura 80 Ultra – xuddi shunday 5170 mA·soat akkumulyatorga ega, biroq ular 100 Vtgacha simli va 80 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llaydi. Smartfon quvvati bemalol bir kunga yetadi.
Qo‘shimcha ma’lumot va yangiliklar uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
Manzil: Tashkent, Mirabod tumani, Afrosiob ko‘chasi 28/14
Telegram: HuaweiMobileUz
Instagram: HuaweiMobileUz
Sayt: Huawei
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi