Peres “Real” tarixiga kirdi

Sport

−

image

“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres Ispaniya superkubogi finalida “Barselona” ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng klub tarixida eng ko‘p sovrin yutgan prezidentga aylandi.

Funksioner jamoa bilan o‘zining 33-kubogini qo‘lga kiritdi va 32 sovringa ega bo‘lgan Santyago Bernabeuni ortda qoldirib, Madrid klubi tarixidagi eng titulli prezidentga aylandi.

Jamoalar Ar-Riyoddagi “Al-Avval Park” stadionida maydonga tushdi. Uchrashuvni Xuan Martines Munuera boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Bahsda “Real” “Barselona”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi.

“Real Madrid” safida Vinisius xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Rodrigo yana bir gol urdi. “Barselona”ning yagona goliga Robert Levandovski mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing