Pentagon “Oltin gumbaz”ni ishlab chiqishni yakunladi
Olam
−
18 Sentabr 7544 1 daqiqa
“Oltin gumbaz” raketaga qarshi mudofaa dasturi uchun mas’ul AQSH kosmik kuchlari generali Maykl Getleyn loyihani yakunladi. Bu haqda Pentagon bayonotiga asoslanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Pentagon dasturning qamrovi va narxi haqida tafsilotlarni oshkor qilmadi.
“Dastur hozirda ko‘rib chiqilmoqda va boshqa ma’lumot yo‘q. Operatsion xavfsizlik ustuvor bo‘lib qolmoqda”, deyiladi bayonotda.
AQSH Prezidenti Donald Tramp may oyida "Oltin gumbaz" loyihasi 175 milliard dollarga tushishi mumkinligini aytgan edi. Kongressning Byudjet byurosi hisob-kitoblariga ko‘ra, kosmik tutqichlar tarmog‘i 542 milliard dollarga tushadi. 25 milliard dollarlik transh allaqachon Kongress tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Donald Tramp 2025 yil 28 yanvarda “Oltin gumbaz”ni ta’sis etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. AQSH rasmiylari tizim aerodinamik va ballistik tahdidlarning to‘liq spektriga qarshi turish uchun ishlab chiqilishini aytdi.
“Reuters” ma’lumotlariga ko‘ra, u radar massivlari, yerga asoslangan tutqichlar, kosmik zondlar va lazer tizimlarini o‘z ichiga olishi mumkin.
Live
Barchasi