Parij aeroportida 18 yil yashagan eronlik qochqin vafot etdi
Olam
−
13 noyabr 2022 12586 1 daqiqa
Kecha, 12 noyabr kuni Parijning Sharl de Goll aeroportida 18 yil yashagan eronlik qochqin aeroportda vafot etdi. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sharl de Goll aeroportida 18 yil yashagan Mehran Karimi Nasseriy yurak xurujidan vafot etgan.
1945 yilda tug‘ilgan deb taxmin qilingan Karimi Nasseriy 1988-2006 yillarda Sharl de Goll aeroportining I terminalida yashagan. Aeroport vakilining so‘zlariga ko‘ra, u so‘nggi haftalarda yana aeroportda yashagan.
Uning hikoyasi amerikalik kinorejissor Stiven Spilbergni “Terminal” filmini yaratishga ilhomlantirgan. Unda bosh rolni Tom Xenks ijro etgan.
Live
Barchasi