Paramount Warner Bros. Discovery’ni $110 milliardga sotib oldi

Madaniyat-san’at

−

image

Paramount kinokompaniyasi Warner Bros. Discovery’ni sotib olish bo‘yicha bitimni yopdi. Biriktirilgan kompaniya Skydance deb nomlandi, ikkita kinostudiyadan tashqari uning tarkibiga o‘nlab telekanallar, jumladan, CBS News va CNN, shuningdek, Paramount+ va HBO Max striming xizmatlari kiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Shartlarga ko‘ra, kompaniya, shuningdek, Warner Bros.’ning 80 milliard dollarlik qarzini to‘lashi kerak bo‘ladi. 

O‘tgan yilning avgustida mediamagnat Devid Ellison o‘zining Skydance Media kinokompaniyasini Paramount bilan birlashtirishni yakunlagan, dekabr oyida esa Warner Bros.’ni sotib olish uchun Netflix bilan kurashga kirishgan. Yuqoriroq taklif va uning otasi – Oracle hammuassisi Larri Ellison tomonidan berilgan shaxsiy moliyaviy kafolatlar g‘alaba qozonishga yordam bergan.

AQSH Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va boshqa regulyatorlar xaridni tezda ma’qullagan bo‘lsa-da, iyul oyida Paramount Skydance bitimni muzlatib qo‘yishga rozi bo‘ldi. Bunga 12 ta shtat prokurorlari, Amerika ssenaristlar gildiyasi, shuningdek yuzlab aktyorlar, rejissyorlar, ssenaristlar va prodyuserlar qarshi chiqqan edi. Industriya xodimlari birlashish iste’molchilar uchun narxlarning oshishiga va ish o‘rinlarining qisqarishiga olib kelishidan xavotirlandi.

Yakunda tomonlar kelishuv bitimini tuzdi, uning doirasida prokurorlar Ellisondan bir qator yon berishlarni talab qilib oldi. Skydance yiliga kamida 30 ta film chiqarishni va yangi asarlar striminglarga chiqishidan oldin ularning kinoteatrlarda kamida 45 kunlik prokatini ta’minlashni o‘z zimmasiga oldi.

Kompaniya, shuningdek, CBS va CNN’ning tahririyat mustaqilligini ta’minlaydigan maxsus kengash tuzadi. O‘tgan yilning dekabr oyida Ellison AQSH Prezidenti Donald Trampga xarid amalga oshgan taqdirda CNN’ni “tubdan o‘zgartirish”ga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prada Group Versace’ni qariyb 1,4 milliard dollarga sotib olish bo‘yicha bitimni yakunlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar