OpenAI Abu-Dabida Monakodan kattaroq ma’lumot markazi qurmoqchi
Texnologiya
−
20 may 2388 2 daqiqa
OpenAI Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida Monakoning umumiy hududidan kattaroq bo‘lgan ulkan ma’lumotlar markazi quradi. Bu haqda “TechCrunch” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, OpenAI sun’iy intellekt (SI) infratuzilmasini rivojlantirishga mo‘ljallangan 5 gigavattli data-markazlar majmuasining asosiy ijarachisi sifatida ishtirok etadi. Bu majmua dunyodagi eng yirik SI loyihalaridan biri bo‘lishi mumkin.
Kompleksning maydoni qariyb 26 kvadrat kilometrga yetadi. Bu esa butun Monako knyazligidan ham katta. Uning energiya iste’moli beshta yadro reaktori quvvatiga teng bo‘lib, bu OpenAI yoki uning raqobatchilari tomonidan ilgari e’lon qilingan SI infratuzilmalaridan sezilarli darajada ustun bo‘ladi.
Loyiha Birlashgan Arab Amirliklaridagi texnologik konglomerat G42 bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. U OpenAI tomonidan 2024 yil yanvar oyida e’lon qilingan Stargate nomli global tashabbus doirasiga kiradi. Stargate dasturining maqsadi – dunyo bo‘ylab kuchli kompyuter chiplariga ega yirik data-markazlar qurish orqali sun’iy intellekt salohiyatini kengaytirish.
Ushbu loyiha AQSH va BAA o‘rtasidagi SI sohasidagi tobora chuqurlashayotgan hamkorlik fonida amalga oshmoqda. Biroq, bu yaqinlashuv ayrim amerikalik qonunchilar orasida xavotir uyg‘otgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ChatGPT chatbotini ixtiro qilgan OpenAI hozirda yangi Strawberry loyihasi ustida ishlayotgani xabar qilingandi. Strawberry nafaqat foydalanuvchi savollariga javoblar yaratish, balki turli o‘zaro ta’sir ssenariylarini oldindan rejalashtirish va internetda topilgan ma’lumotlardan samaraliroq foydalanishni o‘rgatmoqchi.
Live
Barchasi