Oq uy Belarusning Ukrainaga bosqindagi rolidan xavotirda
Olam
−
20 dekabr 2022 2837 1 daqiqa
AQSH Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotida Belarusning rolidan xavotirda, Vashington Kiyev bilan yaqin aloqalarni davom ettiradi. Bu haqda kecha, 19 dekabr kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
“Biz Belarusning [Ukraina mojarosida] tutgan o‘rni haqida anchadan beri xavotirdamiz”, deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Minsk Rossiyani qo‘llab-quvvatlab, Belarus hududidan Rossiya kuchlarini joylashtirish uchun foydalanishga ruxsat berib, Ukrainada “maxsus harbiy operatsiya” o‘tkazish imkonini yaratgan.
“Biz Rossiya Federatsiyasi, shu jumladan Belarusdagi kuchlarning moslashuvini diqqat bilan kuzatishda davom etamiz. Biz buni qildik va shunday qilamiz va Ukraina bilan yaqin aloqada bo‘lib qolamiz", deydi Oq uy matbuot kotibi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Minskka tashrifini izohlab.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Minskka bordi. Unda Moskva va Minsk qo‘shma mashg‘ulotlar va boshqa tezkor hamda jangovar tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish amaliyotini davom ettirishi ma’lum qilindi.
Live
Barchasi