Oq uy Bayden Ukrainaga borishi masalasiga aniqlik kiritdi

Olam

image

Oq uy AQSH Prezidenti Jo Bayden shaxsan Kiyevga borishga tayyorligini bildirgach, uning Ukrainaga safari rejalashtirilmaganini ma’lum qildi

Baydenning e’lonidan so‘ng Oq uy matbuot kotibi Jen Psakidan “Pod Sace America” podkastida Baydenning Ukrainaga safari haqiqatda muhokama qilinyaptimi yoki yo‘qmi, deb so‘ralgan. Psaki esa "yo‘q", deya javob bergan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden “hamma narsaga tayyor”, jumladan, Ukrainaga safar qilishga ham. Biroq, uning safari haqida hech qanday gap yo‘q.

“Biz Prezidentni Ukrainaga yubormayapmiz. Sizga shuni aytaman [Britaniya Bosh vaziri] Boris Jonson Ukraina markaziga yetib borish uchun urush hududi orqali poyezdda sakkiz soatlik vaqtni bosib o‘tdi. Demak, yo‘q, AQSH Prezidenti u yerga borolmaydi”, deydi Psaki.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 aprel kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden shaxsan Ukrainaga borishga tayyorligini ma’lum qilgandi. 

Shuningdek, Amerika OAVlari Qo‘shma Shtatlar Ukraina bilan birdamlik belgisi sifatida Kiyevga yuqori martabali amaldorning tashrifini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken yoki Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Kiyevga tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan nomzodlar deb topilgan.

Avvalroq, AQSH senatori Stiv Deyns va Vakillar palatasi a’zosi Viktoriya Shparts Kiyev va uning chekka hududlariga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing