Nurobod tumaniga hokim tayinlandi
Jamiyat
−
14 mart 2022 8007 1 daqiqa
Bugun, 14 mart kuni Nurobod tumani hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Sherali Mamaraimovich Yo‘ldoshev nomzodi Nurobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Sherali Mamaraimovich Yo‘ldoshev 1971 yilda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun