Notanish ayol bolalarni o‘g‘irlab ketayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi
3-sahifa
−
23 mart 2022
33491Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida maktab va bog‘chalarda bolalarni o‘g‘rilashga urinayotgan ayol xaqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holatga Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi izoh berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 23 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarga yo‘l-transport hodisasi oqibatida olgan jarohati sababli ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turuvchi ayolning surati joylangan va Bo‘stonliq tumanida voyaga yetmagan bolalarni olib ketmoqchi bo‘lgani haqida audio xabarlar tarqatilgan.
Biroq, yaqin muddat oralig‘ida Toshkent viloyatida hududida bunday holat kuzatilmagan yoki Ichki ishlar organlariga murojaat kelib tushmagan.
IIBB yolg‘on xabar tarqatish uchun qonunchilikda javobgarlik borligini yana bir bor eslatib, o‘zaro guruhlarda shu kabi ma’lumotlarni tarqatmaslikni, agarda bu kabi holat kuzatilgan yoki shubha uyg‘otgan taqdirda “102” qisqa raqami va yaqin oradagi IIOga xabar berishni so‘ragan.
LiveBarchasi