Norvegiya Tramp masalasida FIFA ustidan shikoyat qildi
Sport
−
03 iyun 2274 2 daqiqa
Norvegiya futbol federatsiyasi (NFF) Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) axloq qo‘mitasiga rasmiy xat yuborib, FIFA prezidenti Janni Infantinoning AQSH Prezidenti Donald Trampga o‘zi ta’sis etgan “Tinchlik mukofoti”ni topshirishi tashkilot nizomi buzilishi hisoblanadimi-yo‘qmi tekshirishni talab qildi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qaror Norvegiya futbol konvensiyasida qabul qilingan. Shu tariqa NFF 2025 yil dekabr oyida Axloq qo‘mitasiga shunga o‘xshash shikoyat bilan murojaat qilgan FairSquare inson huquqlari tashkilotining tashabbusini rasman qo‘llab-quvvatlagan.
“Biz xatni yubordik. Axloq qo‘mitasidan ishni ochiq tarzda ko‘rib chiqishni, shuningdek, agar ish ko‘rib chiqilmasa, bunga sabab bo‘lgan holatlarni tushuntirishni so‘raymiz”, deydi NFF prezidenti Lise Klaveness.
Klaveness Norvegiya bu xatni boshqa federatsiyalarga bosim o‘tkazmasdan mustaqil ravishda yuborganini qayd etgan.
“Biz hech kimga bosim o‘tkazish foydasiz degan xulosaga keldik. Boshqa federatsiyalar xohlasa, ushbu tashabbusga qo‘shilishi mumkin”, deydi u.
Shu bilan birga, u Shvetsiya va Germaniya kabi ayrim federatsiyalar norasmiy tarzda qo‘llab-quvvatlaganini ham qayd etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, FIFA “Tinchlik mukofoti” Janni Infantinoning shaxsiy tashabbusi bilan FIFA kengashi tasdig‘isiz ta’sis etilgan. Mukofot 2025 yil 5 dekabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan 2026 yilgi Jahon chempionati qur’a tashlash marosimida topshirilgan.
Inson huquqlari tashkiloti FairSquare esa mukofot “hozirgi siyosiy arbobga” berilishi FIFA axloq kodeksining 15-moddasini buzishi mumkinligini ta’kidlab, Infantino ishtirokidagi qaror jarayonini ham tekshirishni talab qilgan.
FairSquare vakili Nik Makgixan NRK nashriga bergan izohida agar axloq qo‘mitasi shikoyatni ko‘rib chiqmasa, bu FIFA prezidentining javobgarligi masalasi jiddiy savol ostida qolishini bildirgan.
Live
BarchasiPashinyanning qushi uchmadi
03 iyun