Noqonuniy gazga ulangan Olmaliqdagi g‘isht zavodi bo‘yicha ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq Toshkent viloyati prokurori Prezident Administratsiyasidan noqonuniy gazga ulangan g‘isht zavodni tarmoqdan uzmaslikni so‘ragani haqida xabar berilgandi. Ushbu holatga Energetika vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, "Olmaliq g‘ishtchi" ma’suliyati cheklangan jamiyatga qarashli g‘isht zavodi joriy yilning 29 noyabr kuni ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun gaz ta’minotidan uzilgan.

Aniqlanishicha, mazkur xo‘jalik sub’ekti keyinchalik mahalliy gaz ta’minoti tashkiloti ko‘magida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. O‘tgan davr mobaynida g‘isht zavodi tomonidan 118 282 metr kub tabiiy gaz noqonuniy foydalanilib, 118 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 9 dekabr kuni "Olmaliq g‘ishtchi" MCHJ va "Olmaliqshahargaz" filiali mansabdor shaxslariga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat gaz ta’minoti tashkiloti rahbari prokuraturaga mazkur korxonaning faoliyat yuritishi zarurati to‘g‘risida ariza bilan murojaat bilan chiqqan. Buni u ma’lum eksportchilar ro‘yxatiga kiritilgani bilan izohlagan va bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. 

Vazirlikka ko‘ra, aniqlangan faktlar yuzasidan unga nisbatan ham tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Ayni paytda Energetika vazirligi tomonidan Bosh prokuratura bilan yaqin hamkorlikda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq barcha aniqlangan faktlar bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

620

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing