Navoiyda radioaktiv moddani $50 mingga pullamoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
10 mart 2022 7673 1 daqiqa
Navoyda radioaktiv moddani 50 000 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Gap shundaki, joriy yilning 4 mart kuni Navoiy viloyati IIBga fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Navbahor tumanida yashovchi ikki nafar shaxs noqonuniy ravishda “Radiy” moddasini 50 000 dollarga sotmoqchi ekani hamda ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan 5 mart kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Navbahor tumani “Qalqonota” mahallasida joylashgan “Shukrona” to‘yxonasi oldida ikki nafar shaxs shisha idishga joylashtirilgan “Radiy Ra 226 02 5” yozuvli 250 gr radioaktiv moddani “xaridor”ga 50 000 dollarga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 252-moddasi (Radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda
Live
Barchasi