NATOning Osiyoga kirishi mintaqaviy barqarorlikni buzadi – Xitoy

Olam

image

NATOning sharqqa qarab yurishi blokning mintaqaviy mudofaa tashkiloti sifatidagi pozitsiyasiga mos kelmaydi. Bu fikrni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning aytdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi faoliyatining kengayishi unga beqarorlik olib keladi.

Vazirlikning rasmiy vakili

TASS muxbirining Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning alyansning mintaqaga kirish rejalari haqida aytgan so‘zlariga izoh berish so‘roviga javob qaytargan.

"Bu faqat Osiyoga blok mojarosini keltirib chiqaradi va mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni buzadi", deb qo‘shimcha qilgan TIV rasmiy vakili.

Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin ham NATO o‘z doktrinalarini buzayotgani va Osiyo tomon o‘zining geografik chegaralaridan chiqib ketishga harakat qilayotganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyi oxirida NATO Xitoyga qarshi kurashish uchun milliard dollardan ko‘proq sarflamoqchi ekani haqida ma’lum qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing