Namanganda yana bir YPX xodimi YTHda vafot etdi
3-sahifa
−
26 noyabr 9347 1 daqiqa
Kecha, 25 noyabr kuni Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 28 yoshli yo‘l-patrul xizmati xodimi vafot etdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev xabar berdi.
YTH soat 19:55 da Yangi Namangan tumanining Islom Karimov ko‘chasida yuz bergan. Haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 18 yoshli X.Z. Onix avtomobilini katta tezlikda boshqarib kelayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi avtomobilni noto‘g‘ri quvib o‘tayotganida oldindagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimi, 28 yoshli safdor Doniyor Nurilloyev og‘ir tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
YPX xodimi Doniyor Nurilloyev Yangi Namangan tumanida joylashgan IIVning gospitaliga davolanish uchun borgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 noyabr kuni Namangan viloyatida YPX inspektori qoidabuzar haydovchi urib yuborishi oqibatida avtohalokatda vafot etgandi.