Namanganda gaz portlashi oqibatida 4 kishi kuydi
3-sahifa
−
07 fevral 2023 4104 1 daqiqa
Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Nurobod” mahallasida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 7 fevral kuni soat 07:30 larda Kosonsoy tumani “Nurobod” mahallasi Navbahor ko‘chasidagi uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi kelib chiqqan.
Oqibatda 4 nafar fuqaro jarohatlanib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
“Ayni vaqtda chaqnash oqibatlari bartaraf etilmoqda. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, prokuratura hamda “Hududgazta’minoti” xodimlari kelgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 yanvar kuni Namanganda gaz portlashi oqibatida 2 kishi kuygan edi.
Live
Barchasi