Nyu-Dehlidagi G20 sammitida Afrika Ittifoqi Yevropa Ittifoqi bilan tenglashtiriladi
Olam
−
07 Sentabr 2023
2406Afrika Ittifoqi G20 ning doimiy a’zosiga aylanishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, G20 yetakchilari bu qarorni joriy yilning 9-10 sentyabr kunlari Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tadigan sammit chog‘ida e’lon qilishlari kerak. Taxminlarga ko‘ra, Afrika Ittifoqi ham tashkilotda Yevropa Ittifoqi bilan bir xil maqomga ega bo‘ladi.
Joriy yilning iyun oyida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi G20 yetakchilariga Afrika Ittifoqiga guruhning to‘laqonli a’zoligini berishni taklif qilgan edi.
Vladimir Putin Rossiya Afrika Ittifoqining yetakchi xalqaro uyushmalar bilan bog‘lanishini qo‘llab-quvvatlashini va unga G20 a’zoligini berish tashabbusini birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Afrika Ittifoqi 62 Afrika davlatidan 55 tasini birlashtiradi. 2002 yilda Liviya rahbari Muammar Qaddafiy tomonidan asos solingan tashkilot Afrika birlik tashkilotining huquqiy vorisi hisoblanadi.
LiveBarchasi