Muzokaralar uchun Rossiya Ukrainadan qo‘shinlarini olib chiqishi kerak – Shols 

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha tinchlik muzokaralarini boshlash shartlarini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.  

Shols  17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Verdi kasaba uyushmasining federal kongressida so‘zlagan nutqida Rossiya Ukraina  o‘rtasida tinchlik muzokaralarini boshlash uchun rossiyaliklar Ukrainadan o‘z qo‘shinlarini  olib ketishi kerakligini ma’lum qilgan.

“Rossiya Prezidenti qo‘shinlarni olib chiqishga rozi bo‘lishi kerak. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi muzokaralar uchun juda zarurdir”, degan Shols. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning iyun oyida Germaniya kansleri Olaf Shols Parijda “Veymar uchburchagi” formatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rejasi barbod bo‘lganini anglashi va darhol Ukrainadagi urushni tugatishi kerakligini aytgan edi.

Kreml esa Ukrainada tinchlikka erishish uchun hozirda hech qanday shart-sharoit yo‘qligi, Rossiya uchun mutlaq ustuvorlik maxsus operatsiya maqsadlariga erishish ekanligini ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya hozirgi Ukraina davlati yer bilan yo‘q qilinmaguncha to‘xtamasligi kerakligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Shol'ts Germaniya kantsleri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing