Muvaffaqiyatsiz loyihaga qaytish: Google aqlli ko‘zoynak ishlab chiqarmoqchi

Olam

image

Texnologiya giganti Google avvalgi muvaffaqiyatsiz urinishidan so‘ng sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan yangi avlod aqlli ko‘zoynaklarini 2026 yilda bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Google’ning yangi texnologiyasi foydalanuvchilarga kompaniyaning SI mahsulotlari, jumladan, “Gemini” chat-boti bilan o‘zaro aloqa qilish imkonini beradi. Kompaniya ikki xil turdagi ko‘zoynak ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Birinchi mahsulot  – ekransiz yordam uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ikkinchisi – ko‘zoynakning o‘zida displeyga ega bo‘ladi.

Tahlilchi Paolo Peskatore BBC’ga bergan intervyusida Google avvalgi xatolarini takrorlamasligi kerakligini aytgan. Tahlilchi yangi urinish uchun hozirgi vaqt “Gemini” muvaffaqiyati tufayli qulay fursat ekanini qayd etgan.

Ma’lumot uchun, Google o‘zining avvalgi loyihasi – “Google Glass”ni 2013 yilda taqdim etgan va 2015 yilda bu mahsulotni ishlab chiqarishni to‘xtatgan. Qurilmaning “Google Glass Enterprise” deb nomlangan yangilangan versiyasi esa 2023 yilda muomaladan chiqarilgan.  

Google nafaqat avvalgi xatolaridan saboq olishi, balki allaqachon Ray-Ban va Oakley kabi brendlar bilan hamkorlik qilgan Meta bilan raqobatlashishi kerak. “Counterpoint Research” tadqiqot firmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning birinchi yarmida SI ko‘zoynaklari savdosi avvalgi yilga nisbatan 250 foizdan ko‘proq natija qayd etgan. Bunga Meta qurilmalariga bo‘lgan talab sabab bo‘lgan.

Dastlabki “Google Glass” esa shaxsiy hayotga ta’sir va fodalilik borasidagi savollar tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchragan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilda Google’da eng ko‘p nimalar qidirilgani e’lon qilingandi.

Nigora Maxammadiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

aqlli ko'zoynak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar