Mushakbozlik sabab Toshkentda ayrim yo‘llar yopiladi

Jamiyat

image

Bugun, 1 sentyabr kuni soat 21:00 da Toshkentda O‘zbekiston tarixida eng baland va eng chiroyli mushakbozlik namoyishi o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik. Shu munosabat bilan bugun Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda avtomobil harakatlanishi cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda. 

Soat 19:30 dan 21:00 ga qadar Bunyodor ko‘chasining parallel qismi, A.Xo‘jayev ko‘chasining Kamolon ko‘chasigacha kesishgan joyi va Seul ko‘chasidan Xalqlar do‘stligi maydonigacha bo‘lgan yo‘llar vaqtincha yopiladi. 

Katta yo‘llar yopilmaydi. Haydovchilar avtomobillarini “Next” SKM yoki “Humo Arena” sport majmuasi atrofidagi to‘xtash joylarida qoldirishlari mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, mushakbozlikning balandligi 350 metr bo‘lishi kutilmoqda. Namoyishda 9 daqiqa davomida 2 723 ta rang-barang yog‘du porlaydi. Mushakbozlik “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyining orqa tomonida amalga oshiriladi.

Mushakbozlik namoyishini xitoylik kompaniya China Liuyang Jeeton Fireworks Group tayyorlayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Mushakbozlik

Baholaganlar

100

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing