Muborakka yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
25 fevral
6318Bugun, 25 fevral kuni xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi va unda G‘olib Ne’matovich Murodov tuman hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiyada deputatlar G‘olib Ne’matovich Murodovni Muborak tumani hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, G‘olib Murodov 1981 yil Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida tug‘ilgan. U Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent moliya institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar u “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatidagi 4 ta tuman hokimliklari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarda qonun talablariga zid holatlar aniqlangandi. Ular orasida Muborak tumanining sobiq hokimi ham bor edi.
LiveBarchasi