Moratoriy davrida noqonuniy daraxt kesganlarning qanchasi mansabdorlar edi?
Jamiyat
−
30 yanvar 2021 6509 1 daqiqa
2020 yilda 136 nafar mansabdor shaxs noqonuniy daraxt kesgani uchun jarimaga tortilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari Bunyod Abdullayev ma’lum qildi.
2020 yil davomida o‘tkazilgan davlat ekologik nazorati natijalariga ko‘ra daraxt va butalarni noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq jami 3 960 ta huquqbuzarlik aniqlangan.
Noqonuniy daraxtkesarlarning 136 nafari mansabdor shaxslar hisoblanadi.
Huquqbuzarlarga jami 4,578 mln so‘m jarima solingan, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori esa – 15,305 mln so‘m.
Aniqlanishicha, jami 2 724 m3 buta, 7 812 dona daraxt shundan, 3 428 dona qimmatli va 4 384 dona kamyob va qimmatbaho daraxtlar noqonuniy ravishda kesilgan.
18 ta holat bo‘yicha qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Huquqbuzarlardan 127 ta qurol-aslahalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025