Moldovada don ortilgan poyezd relsdan chiqib ketdi
Olam
−
08 avgust 2023 3835 1 daqiqa
Moldovada don ortilgan olti vagon Ukraina portiga ketayotgan vaqtda relsdan chiqib ketdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, vagonlar jazirama tufayli Ukrainaning Dunay daryosidagi Reni portiga ketayotgan paytida relsdan chiqib ketgan. Moldova temir yo‘li ma’lumotlariga ko‘ra, avariyaning dastlabki sababi havo haroratining haddan tashqari yuqoriligi bo‘lib, relslar o‘z tortish kuchini yo‘qotgan.
“Kulma-Chedor-Lunga” yo‘nalishida 61 ta vagondan iborat bo‘lgan poyezdning g‘allaga to‘la oltita vagoni relsdan chiqib ketgan. Bundan oldin ham joriy yilning mart oyida Kiyev viloyatining Borispol shahrida yuk poyezdi relsdan chiqib ketgan edi.
Shuningdek, xabarda Ruminiya va Turkiyaga an’anaviy don va yog‘li o‘simliklar eksport qilayotgan Moldova fermerlari joriy yilda 1,2 million tonna bug‘doy hosilining 800 ming tonnasini eksport qilishga tayyor ekanligi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 avgust kuni Pokistonning Sind viloyatidagi Navabshoh shahrida, poyezd vagonining relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lib, 50 kishi jarohatlangan edi.
Live
Barchasi