Misrlik ayol birdaniga to‘qqiz bolaga homilador bo‘ldi

Olam

image

Misrlik ayol bir vaqtning o‘zida to‘qqiz nafar bolaga homilador bo‘ldi. Bu haqda “Al-Arabiya” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Misrda tibbiyot doiralarida bahs uyg‘otgan kamdan-kam uchraydigan holat yuz bergan. Ultratovush tekshiruvi davomida ayol bir vaqtning o‘zida to‘qqiz nafar bolaga homilador ekani aniqlangan.

Nashrning yozishicha, bunday noodatiy holatga tuxumdon faoliyatini rag‘batlantiruvchi dori vositalaridan foydalanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bunday holat homilador ona hamda embrionlar uchun yuqori xavf tug‘dirishi ta’kidlangan.

Hodisa er-xotin uchun ham kutilmagan bo‘lib, ular homilaning ahvolini tekshirtirish jarayoni birdaniga ularni ham, shifokorlarni ham hayratga solgan.

Ayollar kasalliklari va tug‘ruq bo‘yicha mutaxassis doktor Voil al-Banno “Al-Arabiya” va “Al-Hadath”ga bergan izohida ushbu holat bir necha omillar uyg‘unlashgani bois tibbiyotda qayd etilgan eng noyob holatlardan biri ekanini aytgan. Eng muhim omillardan biri tibbiy nazoratsiz o‘tkazilgan tuxumdonlarni faollashtirish.

Ginekologning aytishicha, zamonaviy tibbiyot yordamida urug‘langan tuxum hujayralari sonini kamaytirish mumkin. Bu onaning salomatligi uchun xavfni kamaytiradi va qolgan bolalarning rivojlanishi uchun sharoitni yaxshilaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 4 egizak qizaloq tug‘ilgandi. Kitoblik Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinova bungacha 5 nafar qizning ota-onasi bo‘lgan.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Misr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing