Misrdagi plyajda rossiyalik fuqaroni yegan akula ushlandi
Olam
−
09 iyun 2023 21368 1 daqiqa
Misrdagi plyajda rossiyalik 23 yoshli sayyohni yeb yuborgan akula mahalliy baliqchilar tomonidan ushlandi. Bu haqda “Skynews Arabiya” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, akula mahalliy baliqchilar bilan birga qutqaruvchilar tomonidan ushlangan. Shuningdek, xabarda Misr atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi hujum qilgan akulaning yo‘lbars turiga mansubligini ma’lum qildi.
Rossiyaning Xurgadadagi konsuli Viktor Vorobevning so‘zlariga ko‘ra, akula yegan yigit Rossiya fuqarosi bo‘lib u 1999 yilda tug‘ilgan.
“Akula hujumiga uchragan rossiyalik Misrga joriy yilning iyun oyi boshida kelgan. Uning yoshi yigirma to‘rtda edi. U akula hujumiga uchraganda sohildan 35 metr uzoqlikda bo‘lgan edi”, deydi konsul.
Deyarli bir yil oldin ham Qizil dengizda 68 yoshli avstriyalik sayyoh akula hujumiga uchrab vafot etishi oqibatida Misrdagi bir qator plyajlar yopilgan edi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr