Mirziyoyev O‘zbekiston-Qatar o‘yiniga bordi (video)
Sport
−
10 iyun 11685 1 daqiqa
Bugun, 10 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib bormoqda. Uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatish uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
O‘zbekiston rahbariga uning qizi, Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva, Bolgariya Prezidenti Rumen Radev va Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso hamrohlik qilmoqda. Qayd etish jioz, Rumen Radev va Robert Fitso IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan edi.
Ma’lumot uhun, Jahon chempionatiga saralashning so‘nggi o‘yiniga qadar O‘zbekiston MTJ mundial yo‘llanmasini hal qilib bo‘lgan edi.
Live
Barchasi