Mirziyoyev Pekin Olimpiadasi ochilishida ishtirok etadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Raisi Si Szinpin taklifiga binoan, joriy yilning 4 fevral kuni Pekinda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy rahbari 4-6 fevral kunlari Pekinda 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi, shuningdek, xorijiy davlatlar yetakchilari, hukumat rahbarlari, qirollik oilalari a’zolari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari sharafiga qabul marosimi o‘tkazadi.

Mehmonlar orasida O‘zbekistondan tashqari, Rossiya, Singapur, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Misr, Polsha, Argentina rahbarlari, Kambodja qiroli, Qatar amiri, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, boshqa qator davlatlar yetakchilari, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus bor.

Olimpiya o‘yinlari 4-20 fevral kunlari, Paralimpiya o‘yinlari esa 4-13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

355

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing