Mirziyoyev AQSH Eksport-import banki rahbarini qabul qildi
Jamiyat
−
06 noyabr 2025 1631 1 daqiqa
Bugun, 6 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vashington shahriga amaliy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida AQSH Eksport-import banki rahbari Jon Yovanovichni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Eksimbank hukumatning rasmiy eksport-kredit agentligi bo‘lib, AQSH kompaniyalarining tashqi iqtisodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi hamda ularga sug‘urta, kafolat va kredit vositalarini taqdim etadi. Ushbu nufuzli institut bilan tayyorlangan qo‘shma dastur asosida energetika, muhim minerallar, transport, qishloq xo‘jaligi, AT va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi yirik loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan.

“Eksimbankning mamlakatimiz aviaparkini modernizatsiya qilish va Boeing samolyotlarini yetkazib berishdagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi. Amaliy hamkorlikni davom ettirish va Uzoq muddatli sheriklik rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, uchrashuv yakunida O‘zbekiston rahbari huzurida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda AQSH Eksimbanki o‘rtasida imzolangan qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitim almashilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 5 noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrif doirasida o‘ziga ajratilgan qarorgohda AQSH Senatidagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokusning hamraisi, senator Stiv Deynsni qabul qilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025