Mirzahalilov hakamlar “qurboni”ga aylandimi? Jalolov fikrlari bilan bo‘lishdi
Sport
−
04 mart 2023 7921 1 daqiqa
Avval xabar berganimizdek, 19-26 fevral kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks olamida “Kichik Jahon chempionati” deb ataladigan “Stranja” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. -54 kg vazn toifasida O‘zbekiston vakili Mirazizbek Mirzaxalilov finalda mezbon sportchi Yasen Radevga munosib qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa ham, yakunda hakamlar Radevning g‘alabasini tasdiqlagandi. Tokio-2020 Olimpidasi chempioni Bahodir Jalolov Mirzahalilovning final jangi haqidagi fikrlarini QALAMPIR.UZ'ga bildirdi.
“Menimcha, hakamlar har bir vaznda o‘zbekistonlik sportchilar g‘olib bo‘lishini xohlamadi. Avvalo, bu turnir katta musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Mirzahalilovning raqibi mezbon maqomida bo‘lgani uchun ham unga g‘alabani berib yuborishdi”, deydi Jalolov.
Ma’lumot uchun, Miraziz Mirzahlilov 1995 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 2019 yilda Rossiyaning Yekaterinburg shahri mezbonlik qilgan Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Shuningdek, Mirzahalilov Osiyo o‘yinlari va qit’a birinchiligida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi