Metropolitenning “Sergeli” yo‘nalishida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

Jamiyat

image

Toshkent metropolitenining “Olmazor” — “Sergeli” yo‘nalishida poyezdlar qatnovi 25 sentyabr soat 21:00 dan 26 sentyabr soat 07:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK xabar berdi.

Qayd etilishicha, metro faoliyati profilaktik ishlari olib borilishi munosabati bilan vaqtincha to‘xtatiladi.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Metropoliten yo‘lovchilari ushbu yo‘nalishdagi avtobuslardan yo‘lkira xaqqisiz foydalanishi mumkin bo‘ladi.

“Toshkent metropoliteni” UK ma’muriyati keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

135

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing