Messi jarohati sabab terma jamoasiga yordam berolmaydi
Sport
−
01 iyun 4303 1 daqiqa
Argentinalik hujumchi Lionel Messi jarohati sabab Gondurasga qarshi Jahon chempionati oldidan o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda CIIA Sports nashri xabar berdi.
Avvalroq, “Inter Mayami” hujumchisi “Filadelfiya”ga qarshi MLS doirasidagi o‘yin (6:4) vaqtida jarohat olgan edi. Argentinalik futbolchi 73-daqiqada almashtirilgan va chap oyog‘ini ushlab kiyim almashtirish xonasiga yo‘l olgan.
Shu bilan birga, hujumchi Argentina terma jamoasining Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibiga kiritilgan. Jurnalistning ma’lum qilishicha, u jamoaga AQSHda qo‘shilgan.
Argentina va Gonduras o‘rtasidagi uchrashuv joriy yilning 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina guruh bosqichidagi ilk o‘yinni joriy yilning 17 iyun kuni Jazoirga qarshi o‘tkazadi. Shuningdek, jamoa dastlabki bosqichda Avstriya va Iordaniyaga qarshi ham maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Argentinalik hujumchi 2022 yilgi Jahon chempioni, 2014 yilgi Jahon chempionati finalchisi, 2008 yilgi Olimpiada chempioni hamda ikki karra “Kopa Amerika” g‘olibi (2021, 2024) hisoblanadi.

Live
Barchasi