Messi Argentina safiga qaytdi
Sport
−
14 Oktabr 2795 1 daqiqa
Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasining oktyabr oyidagi yig‘iniga borib qo‘lshildi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
Milliy jamoaning 38 yoshli sardori mazkur oydagi Venesuela va Puerto-Rikoga qarshi o‘yinlar uchun e’lon qilingan qaydnomadan joy olgan edi, biroq Mayamida bo‘lib o‘tgan va Argentinaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan birinchi uchrashuvda ishtirok etmadi.
Argentina futbol assotsiatsiyasining rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, Messining mashg‘ulotlarga qaytishi murabbiylar shtabiga muhim jihatlarni puxta ishlab chiqish va ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuviga sifatli tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.
Shu tariqa, Messi 15 oktyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadigan Puerto-Rikoga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messining MLSda yangi rekord o‘rnatganligi haqida xabar berilgan edi.
Jahongir Inomjonov