Messi 1,4 mlrd yevrolik maoshni rad etdi
Sport
−
16 yanvar 5401 1 daqiqa
Saudiya Arabistoni Pro-ligasi klubi “Al-Ittihod” egasi va prezidenti Anmar Al-Xaili argentinalik hujumchi Lionel Messiga 1,4 milliard yevro shartnoma taklif qilganini ochiqladi va kelajakda futbolchi bilan kelishuv imzolashga umid bildirdi. Bu haqda TyC Sports xabar berdi.
“Men u bilan avvalroq, PSJ bilan shartnomasi tugaganida bog‘langan edim. Unga yiliga 1,4 milliard yevro maosh taklif qildim, ammo u rad etdi, chunki Messining oilasi Qo‘shma Shtatlarni afzal ko‘radi. Men buni hurmat qilaman va uni “Al-Ittihod”ga kelishidan doimo xursand bo‘laman. Leo xohlagan paytda kelishi mumkin”, deydi Al-Xaili.
Lionel Messi 2023 yil yozidan beri “Inter Mayami” safida o‘ynab kelmoqda va MLS’ning asosiy yulduzi hisoblanadi. Agar argentinalik yulduz qit’alarni o‘zgartirishga qaror qilsa, Saudiya Arabistoni buni amalga oshirishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, “Al-Ittihod” klubi prezidenti Anmar Al-Xaili Lionel Messini o‘z jamoasida ko‘rishni orzu qilayotganini va bunga erishish uchun moliyaviy cheklovlarsiz harakat qilishga va umrbod shartnoma taklif qilishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi