“Men diktator emasman”. Vuchich endi saylovda qatnashmasligini aytdi

Olam

image

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich hokimiyatni saqlab qolish uchun konstitutsiyani o‘zgartirmasligi va o‘z nomzodini qayta ilgari surishni rejalashtirmayotganini aytdi. Bu haqda “Kurir” xabar berdi.

Aleksandr Vuchichga ko‘ra, kelajakdagi prezident saylovlari ham amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘tkaziladi.

“Men siyosiy veteranman, endi o‘z nomzodimni ilgari sura olmayman va buning uchun konstitutsiyani o‘zgartirish xayolimga ham kelmaydi. Sizlar tasvirlagandek men diktator emasman, bir yarim yildan so‘ng prezidentlik faoliyatimni yakunlayman. Qilgan ishlarimdan faxrlanaman”, degan Serbiya rahbari. 

Prezidentning ushbu so‘zlari mamlakatda to‘s-to‘polon avj olgan bir paytda yangradi. Kecha, 12 avgust kuni tungi vaqtda Vrbash va Bachka-Palanka shaharlaridagi hukmron Serbiya Progressiv partiyasi ofislari oldida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar muddatidan oldin saylovlarni talab qildi, tartibsizliklar yuz berdi. Ichki ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 16 nafar politsiyachi va 52 fuqaro jarohat olgan.

Mitinglar 2024 yilning 1 noyabr kuni Novi-Sad vokzalida beton soyabon qulab, 16 kishi halok bo‘lgan fojia ortidan boshlangan noroziliklar bilan bog‘liq.

“Reuters” agentligining xabariga ko‘ra, mitingga o‘n minglab talabalar va korrupsiyaga qarshi chiqayotgan fuqarolar yig‘ilgan. Ishtirokchilardan biri Nikola Marchetich so‘zga chiqib, bu miting xalq manfaatiga xizmat qilmaydigan rejimga qarshi kurash ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serbiyaning Belgrad shahrida joylashgan markaziy Slaviya maydonida talabalar muxolifat mitingini o‘tkazib, Prezident Aleksandr Vuchichning iste’fosini va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini talab qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Vuchich Serbiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing