Meksikada bosqinchilar o‘g‘irlab ketgan o‘zbekistonliklar qutqarildi
Jamiyat
−
12 dekabr 2022 11735 1 daqiqa
Meksika huquq-tartibot xodimlari bir guruh bosqinchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan 7 nafar o‘zbekistonlikni qutqardi. Bu haqda Meksika mahalliy politsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Durango shtati politsiyasi Gomes Palasio shahridagi fermada majburan ushlab turilgan yetti nafar osiyolik fuqaroni qutqargan. Ularni ushlab turgan ayol 1200 dollar talab qilgan.
Ushbu shaxslar o‘zbekistonlik bo‘lib, ularning besh nafari erkak, bir ayol va bir nafar voyaga yetmagan bola bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ularning sog‘ligi hozirda yaxshi. Ular Milliy Migratsiya instituti himoyasida qolgan. Hozirda jinoyat sodir etgan ayol hibsga olingan. Unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda fuqaroni Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Meksika orqali AQSHga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr