Meksika Prezidenti samolyotini sotdi. Uni Markaziy Osiyodagi davlat rahbari xarid qildi
Olam
−
21 aprel 2023
24384Meksika hukumati bir necha yil avval sotuvga qo‘ygan prezident samolyotini Tojikiston hukumatiga 1,66 milliard peso (92 million dollar)ga sotdi. Bu haqda kecha, 20 aprel kuni davlat rahbari Andres Manuel Lopes Obrador ma’lum qildi.
“Meksika xalqiga ma’lum qilamanki, bugun prezident samolyotining oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma tuzildi. Tojikiston hukumati rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 658 684 400 peso o‘tkazdi”, deb yozdi u o‘zining Twitter'dagi sahifasida.
Meksika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘ ikkita shifoxona qurishga yo‘naltiriladi.
Ma’lumot uchun, 2012 yilda Prezident Felipe Kalderon davrida buyurtma qilingan samolyot Meksikaga 2016 yil fevralida, boshqa Prezident Enrike Penya Neto rahbarligi davrida kelgan. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, samolyot uchun 220 million dollardan 400 million dollargacha pul to‘langan. 2018 yilning 1 dekabrida hokimiyatga kelgan Lopes Obrador avialaynerdan foydalanmagan va bir necha bor unga yangi xo‘jayin topishga va’da bergan.
LiveBarchasi