Markaziy osiyolik 2 kishi Rossiyada terrorchilikni targ‘ib qilishda ayblanmoqda
Olam
−
15 sentabr 2021 5295 1 daqiqa
Rossiyaning Federal xavfsizlik byurosi Krasnoyarsk o‘lkasida mamlakatda taqiqlangan “Katibat at Tavhid val-Jihod” terrorchilik tashkilotining faoliyatini to‘xtatdi, uning ikki tarafdori hibsga olindi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Krasnoyarsk o‘lkasida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “Katiba at-Tavhid val-jihod” terrorchilik tashkiloti tarafdorlari faoliyatiga chek qo‘yildi”, deyiladi xabarda.
Aniqlanishicha, ikki fuqaro Markaziy Osiyo davlatlarining biridan kelgan. Ularning maqsadi o‘lkada terrorchilik harakatini targ‘ib qilish va mahalliy aholini o‘z safiga qo‘shish bo‘lgan.
Ularga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 205.1 (terrorchilik harakatlariga ko‘maklashish) va 205.2-moddalari (terrorchilik harakatini sodir etishga chaqirish) bilan jinoyat ishi ochilgan. Hozirda ular qamoqqa olingan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28