“Manchester Yunayted” futbolchisi qamoq jazosiga hukm qilindi  

Sport

image

“Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasi himoyachisi Xarri Maguayrga nisbatan Gretsiya sudi 15 oylik shartli qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda “Sky Sports” nashri xabar berdi.

Sud futbolchini uchta ayblov, yengil tan jarohati yetkazish, hibsga olish jarayonida qarshilik ko‘rsatish hamda davlat xizmatchisiga pora berishga urinish, bo‘yicha aybdor deb topgan.

Hodisa Mikonos orolida 2020 yil 21 avgust kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni Maguayr va uning do‘stlari mahalliy barda janjallashib qolgan. Politsiya voqea joyiga yetib kelganida, futbolchi uch nafar britaniyalik qarshilik ko‘rsatgan va huquq-tartibot xodimlariga pora berishga uringan. Shundan so‘ng ular hibsga olingan.

Maguayr sud majlisida shaxsan qatnashmagan. U o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etmoqda va hukm ustidan apellyatsiya berishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Xarri Maguayr Angliya terma jamoasi himoyachisi hisoblanadi. U faoliyati davomida “Xall Siti” va “Lester Siti” jamoalarida o‘ynagan. 2019 yilda u rekord darajadagi 80 million funt sterling evaziga “Manchester Yunayted” safiga o‘tgan.

Futbolchi 2018 Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi safida maydonga tushgan hamda tera jamoasi bilan Euro 2020 turniri finaliga qadar yetib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

qamoq “Manchester Yunayted” Xarri Maguayr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing