“Manchester Yunayted” 63 yillik antirekordini takrorlashga yaqin turibdi

Sport

image

Angliya 11-turi doirasilagi “Manchester Yunayted” va “Manchester  Siti” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Ushrashuvning 7-daqiqada “Manchester Siti” futbolchisi uzatib bergan to‘pni himoyachi Erik Bayi o‘z darvozasiga kiritib yubordi. 

Shu tariqa, Ole-Gunnar Sulsher jamoasi barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 14 ta uy uchrashuvida gol o‘tkazib yubormoqda. 

Bu klub tarixida eng yomon ikkinchi natija bo‘lib tarixga kirdi. Eng yomon ko‘rsatkichni “qizil iblislar” 1958 yilgi mavsumia qayd etishgan. O‘shanda jamoa ketma-ket 21 uy uchrashuvida gol o‘tkazib yuborgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda, Pep Gvardiola shogirdlari zafar quchdi. Uchrashuvning 7-daqiqasida Bayi o‘z darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 1-taym oxirida Bernardu Silva “shaharliklar”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 

Hozirda Sulsher shogirdlari hisobida 11 uchrashuvdan so‘ng, 17 ochko mavjud. Bugungi g‘alabadan keyin “shaharliklar” ochkolari soni 23 taga yetdi va “Liverpul”, “Chelsi” jamoalarini ta’qib etishda davom etmoqda.

“Manchester Yunayted” – “Manchester Siti” – 0:2

Gollar: Bayi (avtogol, 6),  Bernardu Silva (45)

“Manchester Yunayted”: De Xea — Lindelyof, Bayi (Sancho, 46), Maguayr — Van-Bissaka, Fernandesh, Maktominey, Fred (Van de Bek, 80), Shou (Telles, 73) — Grinvud (Reshford, 67), Ronaldu.

“Manchester Siti”: Ederson — Uoker, Stounz, Diash, Kanselu — Gyundogan, Rodri, Silva — Jezus, de Bryuyne, Foden

Ogohlantirishlar: Ronaldu - Kanselu, Silva

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing