“Manchester Siti” futbolchisi klub bilan shartnomani uzaytirdi
Sport
−
14 aprel
1852“Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasini 2026 yilga qadar uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, germaniyalik futbolchining jamoadagi yangi maoshi bilan bog‘liq ma’lumotlar oshkor qilinmagan.
Ma’ulmot o‘rnida, Gyundogan “Manchester Siti” safiga dastlab 2016 yilda kelib qo‘shilgan, 2023 yilda u “Barselona”ga ko‘chib o‘tadi. Ammo kataloniyadagi faoliyati uzoqqa cho‘zilmadi. 2024 yilning avgustida Gyundogan yana “Manchester Siti” tarkibiga kelib qo‘shildi. 30 yoshli germaniyalik futbolchi joriy mavsum “shaharliklar” safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali Gyundoganning narxini 7 million yevroga baholagan.
LiveBarchasi