Kurs UZS

USD

12 915.00

-10.2

EUR

13 957.24

-25.24

RUB

153.55

0.97

“Manchester Siti” Angliya kubogi yarim finaliga chiqdi

Sport

image

Bugun, 30 mart kuni Angliya kubogi chorak finali doirasida “Bornmut” - “Manchester Siti” o‘yini bo‘lib o‘tdi va bahsda “shaharliklar” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Mehmonlar tarkibida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bahsni asosiy tarkibda boshladi. Birinchi taymdagi epizodlardan birida Husanov qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ydi va hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

Ilk bo‘limda Erling Xoland penaltidan gol ura olmadi. 21-daqiqada mezbonlardan Evanilson uchrashuvda hisobni ochdi. 2-taym avvalida Gvardiola Husanovni zaxiraga olib, uning o‘rniga Niko O'Raylini maydonga tushirdi. Aynan O'Raylinining 2 ta assisti evaziga “shaharliklar” g‘alab qozondi. 49-daqiqada Erling Xoland, 63-daqiqada esa Xolandning o‘rniga maydonga tushgan Omar Marmush gol urib, “shaharliklar”ning g‘alabasini ta’minladi. Endi “Siti” turnir yarim finalida “Nottingem” bilan bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” keyingi o‘yinini 2 aprel kuni Angliya chempionati doirasida “Lester”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin “Etihad”da, Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Abduqodir Husanov yarim final

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing